» » Superliga. “Nasaf” o‘z maydonida “Surxon”ni mag‘lub etdi, “Andijon” esa “Buxoro”ga yutqazib qo‘ydi

Superliga. “Nasaf” o‘z maydonida “Surxon”ni mag‘lub etdi, “Andijon” esa “Buxoro”ga yutqazib qo‘ydi


29-iyun, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 13-turi doirasida so‘nggi 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ro‘ziqul Berdiyev boshliq Qarshining “Nasaf” klubi Termizning “Surxon” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

O‘yin davomida Qarshi klubi a’zolari Oybek Bozorov (80) hamda Humoyun Murtazoyev (90) bittadan golga mualliflik qildi (2:0).

Bahs yakuniga ko‘ra “Nasaf” o‘z maydonida “Surxon”ni mag‘lub etdi.

Qayd etish lozim, “Nasaf” 21 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida kuchli uchtalikka kirib oldi. “Surxon” esa shuncha ochko to‘plab, 6-pog‘onada bormoqda.

Shu kuni “Buxoro” jamoasi “Andijon” bilan bahsga kirishdi.

Bellashuvdagi yagona golga mezbon jamoa yarim himoyachisi Behruz Shodmonov (42) mualliflik qildi.

Shu tariqa buxoroliklar o‘z uyida “Andijon”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi (1:0).

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Buxoro” ochkolari sonini 10 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida so‘nggi o‘rindan 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Andjion” esa 9 ochko bilan 13-o‘ringa tushib qoldi.

13-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

Superliga

13-tur bahslari

29-iyun, shanba

Gollar: 1:0 — 80 Oybek Bozorov, 2:0 — 90 Humoyun Murtazoyev

Gol: 1:0 — 42 Behruz Shodmonov

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют