» » Yigitali Mamajonov o‘zini prodyuserlikda sinab ko‘rib, detektiv janrda film suratga olmoqchi

Yigitali Mamajonov o‘zini prodyuserlikda sinab ko‘rib, detektiv janrda film suratga olmoqchi


Aktyor Yigitali Mamajonov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Suhbat davomida Yigitali Mamajonov o‘z jamoasi bilan detektiv janrdagi film suratga olish niyatida ekanligini bildirdi.

Jamoamiz bilan detektiv janrda film olish maqsadimiz bor. Ayni paytda ssenariy ustida ish olib bormoqdamiz. Albatta, bu film juda go‘zal kartinalarga boy bo‘ladi. Eng muhimi, filmda tabiiylikka e’tibor beramiz va kartina real voqealar asosida suratga olinadi.

Film prodyuseri o‘zim bo‘laman. Homiylar qidiryapman. Yaxshi ijod bo‘ladigan bo‘lsa, albatta u film uchun yordam beraman, degan insonlar bor. Bir qancha odamlar bu borada va’da berishgan. Film ssenariysi bitgandan so‘ng, homiylarga ko‘rsatish niyatidaman. Ularga ham xudo xohlasa ma’qul keladi deb o‘ylayman. Bu film insonlar uchun yoqimli bo‘ladigan, ko‘ngliga kiradigan, o‘ylantirib qo‘yib, zavq oladigan darajada film suratga olish niyatidaman.

O‘ylaymanki, bunaqa janrdagi film tomoshabinlarga ham yoqadi. Avvalo bu film bilan o‘zim aytmoqchi bo‘lgan gaplarni gapirib olishim, film birinchi navbatda o‘zimga yoqishi kerak.

Yigitali Mamajonov, aktyor



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют