» » 1-iyul kuni O‘zbekistonda havo 45 darajagacha isiydi

1-iyul kuni O‘zbekistonda havo 45 darajagacha isiydi


“O‘zgidromet” 1-iyul kuni kutiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

30-iyun—1-iyulda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida, 1—2-iyulda respublikaning qolgan hududlarida havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5—7° ga yuqori bo‘lgan anomal issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo kunduz kunlari 40-43° gacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 44-45° gacha bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida garmsel bo‘lishi mumkin.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-26°, kunduzi 39-41° bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-29°, kunduzi 40-45° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-29°, kunduzi 40-45° bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 37-42° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют