» » Navoiylik fuqaro singlisining o‘z joniga qasd qilishida qudalarni ayblab, ularni pichoqladi

Navoiylik fuqaro singlisining o‘z joniga qasd qilishida qudalarni ayblab, ularni pichoqladi


Navoiyning Karmana tumanida mudhish qotillik sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Xalq so‘zi Online”. 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro F.S. 28-iyun kuni soat 08:00 lar atrofida Karmana tumani, “Shibzon” MFYda istiqomat qiluvchi qudasining hovlisiga kelib, to‘rt kun muqaddam, ya’ni 24-iyun kuni o‘z joniga qasd qilgan singlisining o‘limiga ular sababchi bo‘lganligini iddao qilgan.

Tortishuvlardan so‘ng fuqaro F.S. xonadon egasi hamda uning ikki nafar qiziga o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan ularning tanasining turli joylariga tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Olingan og‘ir tan jarohatlari natijasida xonadon egasi voqea joyida, uning bir nafar qizi esa shifoxonaga olib borilayotganida yo‘lda vafot etgan. Uchinchi jabrlanuvchi esa hozirda Karmana tumani tibbiyot birlashmasining “jonlantirish” bo‘limiga yotqizilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, qotillik sodir etgan shaxsning singlisi ikki oy oldin shu xonadonga kelin bo‘lib tushgan. Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida joylashgan harbiy qismda faoliyat olib borayotgan kuyov to‘ydan so‘ng kelin bilan shu tumanda ijaraga uy olib, birga yashashgan.

Ta’kidlanganidek, hodisadan to‘rt kun avval kelin ushbu ijara uyida o‘z joniga qasd qilib, vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan bugungi kunda Koson tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilmoqda.

Xabarda aytilishicha, 28-iyun kuni sodir bo‘lgan mudhish qotillik yuzasidan F.S.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari viloyat prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют