» » O‘zbekistonda hafta o‘rtasida havo harorati biroz pasayadi

O‘zbekistonda hafta o‘rtasida havo harorati biroz pasayadi


O‘zbekistonda hafta o‘rtasida havo harorati biroz pasayadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qilgan.

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi ayrim joylarda 17-22 m/s gacha, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 3-iyulda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.

4-6 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 14-19, kunduzi 18-23 darajaga yetadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют