» » Taqiqlangan tashkilotlarga a’zoligi uchun qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki shaxs Afg‘onistonda ushlandi

Taqiqlangan tashkilotlarga a’zoligi uchun qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki shaxs Afg‘onistonda ushlandi


O‘zbekistonda taqiqlangan tashkilotlarga a’zoligi uchun qidiruvda bo‘lgan ikki shaxs Afg‘onistonda ushlangan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati rahbari Quvvat Yarashev “Daryo”ga ma’lum qildi.

Buxoro shahridagi “Shirbudin” ko‘chasida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan N.M. hamda Vobkent tumani, Xalach qishlog‘ida ro‘yxatda turuvchi, 1982-yilda tug‘ilgan B.Sh.lar Buxoro viloyati IIB Tergov boshqarmasi tomonidan qidiruvda bo‘lgan.

Ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish), 244-2-moddasi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa ta’qiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish hamda ishtirok etish), 244-3-moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) va 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlar sodir qilingan.

Bu ikki shaxs Afg‘onistondan ekstraditsiya qilingan va tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют