» » Farg‘onada 72 yoshli erkak talaba bo‘lish istagida OTMga hujjat topshirdi

Farg‘onada 72 yoshli erkak talaba bo‘lish istagida OTMga hujjat topshirdi


Farg‘ona davlat universitetiga oliy ma’lumotga ega bo‘lish istagidagi 72 yoshli erkak hujjat topshirdi. Bu haqda milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Davlat test markazi Bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov ma’lum qildi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

Qayd etilishicha, 72 yoshli otaxon til va adabiyot yo‘nalishida, kunduzgi bo‘limda o‘qish istagini bildirgan.

“Farg‘onaga o‘zim borib, qabul komissiyasi a’zolari bilan suhbatda bo‘ldim. 72 yoshli fuqaro oliy ma’lumot olish istagini bildirgan.

Hozirgi qonunchilik hujjatlarimizda OTMda o‘qish uchun yosh chegarasi ko‘rsatilmagan. Istalgan yoshdagi fuqaro oliy ta’lim olish istagida biron oliygohga hujjat topshirishi va hamma qatori test sinovlarini topshirib talaba bo‘lishi mumkin”, — deydi Barno Rajabov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют