» » O‘zbekistonda 2019-yilda birinchi marta deflyatsiya qayd etildi

O‘zbekistonda 2019-yilda birinchi marta deflyatsiya qayd etildi


2019-yil iyun oyida O‘zbekistonda birinchi iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari umumiy darajasida pasayish kuzatilgani qayd etildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga tayanib, Spot xabar berdi.

Mazkur holat iyun oyida sodir bo‘lgan — narxlarning o‘rtacha darajasi pasaygan va deflyatsiya (inflatsiyaga qarama-qarshi jarayon) 0,5 foizni tashkil etgan. Tovarlar narxi oy davomida 0,8 foizga, xususan, oziq-ovqat tovarlari — 1,8 foizga tushgan. Nooziq-ovqat tovarlari — 0,6 foizga, xizmatlar esa 0,7 foizga o‘sgan.

2019-yilning yanvar—iyun oylari oralig‘ida tovar va xizmatlar narxida esa 5,6 foizga o‘sish kuzatilgan. 2018-yilning shu davriga nisbatan narxlarning o‘rtacha darajasi 13,6 foizga o‘sgan.

Iyun oyi davomida asosan pomidor (57,2 foiz) va bodring (52,1 foiz) narxi tushgan. Undan keyingi o‘rinlarni karam (36,3 foiz), tarvuz (22,1 foiz) va qovun (10,7 foiz) egallamoqda. Piyoz, sitrus mevalar va qizilchaning narxida o‘sish sodir bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют