» » Nursultonda qor qoplonini asrab qolish muammolariga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkaziladi

Nursultonda qor qoplonini asrab qolish muammolariga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkaziladi


3—4-iyul kunlari Nursulton shahrida qor qoploni populyatsiyasini asrab qolish muammolariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. Bu haqda konferensiya tashkilotchilari “Daryo”ga xabar berdi.

Tadbir qor qoplonlarini asrab qolish bilan shug‘ullanuvchi xususiy Snow Leopard Foundation tashkiloti hisoblanadi.

Fond bir yil avval tashkil etilgan. Uning asoschisi va muassisi qozog‘istonlik taniqli jamoat arbobi, tadbirkor Nurali Aliyev hisoblanadi.

Xalqaro konferensiyada hududida qor qoploni yashovchi 12 ta mamlakat — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Afg‘oniston, Pokiston, Mo‘g‘uliston, Xitoy, Hindiston, Nepal, Butan va Rossiya vakillari ishtirok etadi.

Qozog‘iston poytaxtiga BMT taraqquyot dasturi (UNDP), Jahon yovvoyi tabiat fondi (WWF), Snow Leopard Trust fondi, qor qoploni va uning eko tizimini asrash bo‘yicha mintaqaviy dastur kotibiyati hamda boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyuradi.

Air Astana aviakompaniyasi konferensiyaning rasmiy aviatashuvchisi hisoblanadi.

Konferensiya mavzusi: “Qor qoplonini asrash: populyatsiya holati, landshaftlarni boshqarish va transchegaraviy hamkorlik”.

Tadbirning asosiy maqsadi: Qozog‘iston ramzi hisoblanuvchi nodir jonivor qor qoplonini o‘rganishga ixtisoslashgan xalqaro ilmiy hamjamiyat vakillarini bir yerga jamlash.

“Butun dunyoda ramziy hayvon turlarini saqlab qolish juda katta ahamiyatga ega va qor qoploni uchun afsuski, yo‘qolib qolish xavfi haqiqatga aylandi: asrning so‘nggi choragida qor qoplonlari soni sezilarli darajada kamaydi. Ko‘p jihatdan bunga antropogen aralashuv ham sabab bo‘lmoqda”, - deydi Snow Leopard fondi asoschisi Nurali Aliyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют