» » Politsiya Londondagi terakt oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi

Politsiya Londondagi terakt oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi


Politsiya 22-mart, chorshanba kuni Londonda yuz bergan terakt qurbonlari soniga aniqlik kiritildi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.

Skotland-Yardning aksilterror bo‘linmasi vakili Mark Roulining so‘zlariga ko‘ra, hujum oqibatida to‘rt kishi, jumladan, terrorchining o‘zi halok bo‘lgan. Yetti kishining ahvoli og‘ir.

“O‘zimiz o‘tkazayotgan tergov doirasida aminmizki, kecha hujum uyushtirgan shaxs bir o‘zi harakat qilgan va xalqaro terrorchilikdan ilhom olgan”, — dedi Rouli. Uning so‘zlariga ko‘ra, politsiya jamoatchilikka xavf solayotgan boshqa tahdidlar haqida aniq axborotga ega emas.

Mark Rouli politsiya haqiqatan ham Birmingemda olti manzil bo‘yicha tintuv o‘tkazib, yetti kishini hibsga olganini tasdiqladi. Avvalroq terrorchi tomonidan foydalanilgan Hyundai Tucson avtomobili 16-mart kuni Birmingemdagi Enterprise kompaniyasida ijaraga olingani ma’lum bo‘lgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-03-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют