» » Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi: aholi ichimlik suvini hisobga olish asboblari bilan yetarli darajada ta’minlanmagan

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi: aholi ichimlik suvini hisobga olish asboblari bilan yetarli darajada ta’minlanmagan


Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi mutasaddilari 58 foiz abonentlarda suv hisoblagichlar o‘rnatilmaganligiga ularda hisoblagich o‘rnatishdan rag‘batlantiruvchi mexanizmlarning joriy etilmaganligi bilan bog‘lamoqda. Bu haqda 1-iyul kuni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan jurnalistlar bilan o‘tkazilgan anjumanda ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Ma’lum qilinishicha, ichimlik suvi iste’molchilari, xususan aholi ichimlik suvini hisobga olish asboblari bilan yetarli darajada ta’minlanmagan. Shuningdek, suv hisoblagich o‘rnatilgan hamda o‘rnatilmagan abonentlar o‘rtasida to‘lovlarning keskin farq qilmasligi, ularda hisoblagich o‘rnatishdan rag‘batlantiruvchi mexanizmlarning joriy etilmaganligi tufayli 58 foiz abonentlarda hamda 85 foiz inshootlarda suv hisoblagichlar o‘rnatilmagan.

Qayd etilishicha, ichimlik suv ta’minotining 26,9 ming kilometr qismi (38 foiz), hamda oqova chiqarish xizmatlarini ko‘rsatish tarmoqlarining 1719,4 kilometri (22,4 foiz) va inshootlarining 3516 donasi eskirgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, Majburiy ijro byurosi bilan birgalikda qarzdorligi mavjud abonentlardan undiruvni yo‘lga qo‘yish orqali mavjud bo‘lgan 307,9 millard so‘mdan 10 millard so‘mga kamaytirish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют