» » Toshkentda “5000 so‘mlik o‘g‘rilar” qo‘lga olindi

Toshkentda “5000 so‘mlik o‘g‘rilar” qo‘lga olindi


Toshkentning Shayxontohur tumanida 17-mart kuni uchta avtomobilning eshik qulfini buzib, qimmatbaho buyum va pul mablag‘larini o‘g‘irlayotgan o‘smirlar qo‘lga olindi. Bu haqda 23-mart, payshanba kuni Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Ma’lum qilishlaricha, ikki jinoiy sherik (ulardan biri 1997-yilda, ikkinchisi 1994-yilda tug‘ilgani aytilmoqda) uchta avtomobilni qulfini buzib, jami 10 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘ini qo‘lga kiritgan.

Jinoyatchilar dastlab Lacetti avtomobilini ochib, uning ichidan qiymati 796 ming so‘m bo‘lgan bir dona Samsung telefoni va 5 ming so‘m pul olgan.

Shundan so‘ng Spark avtomobilini ochib, uning ichidan ham 5 ming so‘m pul olingan. Ular ikkinchi Spark’ni ochgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b” bandi — bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlik jinoyatini sodir etganlik alomati bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-03-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют