» » Qozog‘istonda harbiy qismda sodir bo‘lgan portlashdan qolgan o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish boshlandi

Qozog‘istonda harbiy qismda sodir bo‘lgan portlashdan qolgan o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish boshlandi


Qozog‘istonlik harbiylar shahar yaqinida joylashgan harbiy omborda sodir bo‘lgan yong‘in va portlashlardan qolgan o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish boshlandi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

24-iyun kuni 44,3 ming aholi yashaydigan Aris aholi punktidagi qurol-aslaha omborida yong‘in boshlanib, portlashni yuzaga keltirgan edi. Uch kishi, jumladan, ikki nafar harbiy xizmatchi vafot etgan. Shahar aholisi evakuatsiya qilingan va 27-iyun kuni ularga o‘z uylariga qaytish ruxsati berilgan.

“Mudofaa vazirligi Turkiston viloyatining Aris shahrida bugun portlovchi bo‘lmagan o‘q-dorilar qoldiqlarini yo‘q qilish ishlari boshlangan. Ishlar soat 9:00 dan 18:00 gacha olib boriladi”, — deyiladi idoraning xabarida.

Utilizatsiya ishlari bilan Qurolli Kuchlarning muhandislar bo‘linmalari shug‘ullanadi.

O‘q-dorilar qoldiqlari arsenal hududida yo‘q qilinadi, qolgan qismi esa Aris shahridan 60 kilometr shimolga olib borilib, belgilangan tartibda “KazArsenal” poligonida portlatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют