» » O‘zbekistonda ikki nafar maktab o‘quvchisi “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi

O‘zbekistonda ikki nafar maktab o‘quvchisi “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi


Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 21-noyabrdagi “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mamlakatning iqtidorli yigitlari fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun taqdirlandi, bu haqda Xalq ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar qiladi.

Xususan, ushbu mukofotga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va iqtidori, intiluvchanligi va tashabbuskorligi, halol va samarali mehnati bilan Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, yurt istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan fidoyi va mard o‘g‘lonlar loyiq deb topildi.

E’tiborlisi, ikki nafar maktab o‘quvchisi ham noyob iste’dodi va erishgan yutuqlari uchun mukofotlanganlar qatoridan o‘rin oldi. Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining 9-sinf o‘quvchisi Doniyor Ismoilov hamda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanidagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Nodirbek Bahromov “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanib, sovrindorlik diplomi va ko‘krak nishoniga ega bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют