» » Toshkent shahar hokimligi kuchli shamol kutilayotgani sababli haydovchilarga avtomobillarni daraxt tagida qoldirmaslikni tavsiya qildi

Toshkent shahar hokimligi kuchli shamol kutilayotgani sababli haydovchilarga avtomobillarni daraxt tagida qoldirmaslikni tavsiya qildi


Toshkent shahar hokimligi avtomobil egalariga murojaat bilan chiqdi.

Bugun, 2-iyul kuni Toshkentda o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi.

Havo harorati kunduzi +40...+42 daraja issiq, kechasi +21...+23 darajada iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Kunning ikkinchi yarmida sharqdan esadigan shamol tezligi soniyasiga 15—20 metrn, kuchayganida esa soniyasiga 17—22 metrgacha yetishi mumkin.

“Kuchli shamol sizga va yaqinlaringizga, mol-mulkingizga zarar yetkazmasligi uchun, bunday paytda daraxtlar va katta hajmdagi reklama banerlari ostida yurmang hamda avtomobilingizni ham daraxtlar tagida saqlamang”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют