» » Jahon banki aholini ijtimoiy himoya qilish uchun O‘zbekistonga 50 mln dollar ajratdi

Jahon banki aholini ijtimoiy himoya qilish uchun O‘zbekistonga 50 mln dollar ajratdi


Jahon banki direktorlar kengashi “Ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish uchun Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasidan (Jahon banki guruhidagi tuzilma) 50 million dollar kredit ajratilishini ma’qulladi. Bu haqda Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Loyihani amalga oshirish jarayonida nafaqa olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning yagona reyestri shakllantiriladi. U birinchi ehtiyoj tovarlari va kommunal xizmatlarga oshib borayotgan narxlar salbiy ta’sirini sezayotgan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda kam ta’minlangan qatlamini ijtimoiy himoya dasturlari orqali qamrab olishini ta’minlaydi.

Loyiha mamlakatdagi iqtisodiy o‘zgarish jarayonlari natijasida ishini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida bandlikni ta’minlashga qaratilgan hukumatning ayrim tadbirlarini takomillashtirishga yordam beradi. Bunga, masalan, tadbirkorlik ko‘nikmalari kurslari, kasb-hunar ta’limi subsidiyalari va xususiy sektorda ish haqini subsidiyalash kiradi.

Shuningdek, loyiha bandlikka ko‘maklashish markazlarining ish qidirayotgan shaxslarga yanada yaxshiroq xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bundan tashqari, mehnat bozori holatini aks ettiradigan ma’lumotlarning mavjudligi ham yaxshilanadi. Ushbu maqsadlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqaruvida ixtisoslashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqiladi hamda foydalanishga topshiriladi.

“Bu O‘zbekistondagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradigan muhim loyihadir. Loyihaning maqsadi - mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar davrida fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash”, - dedi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xideki Mori.

Jahon banki O‘zbekistonga 4,1 milliard dollarlik qiymatdan ziyod bo‘lgan 23 loyihani amalga oshirishda yordam beradi, shuningdek, mamlakat hukumatiga tahliliy va maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют