» » Notinch vaziyat sabab o‘z uyida o‘ynay olmayotgan Suriya mundial orzusidagi O‘zbekistonni mag‘lub etdi

Notinch vaziyat sabab o‘z uyida o‘ynay olmayotgan Suriya mundial orzusidagi O‘zbekistonni mag‘lub etdi


JCh—2018 yo‘lida kurash olib borayotgan Samvel Babayan boshqaruvidagi O‘zbekiston terma jamoasi hal qiluvchi saralash bosqichidagi uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Bunga qadar Eron va Janubiy Koreya termalariga “tishi o‘tmagan” jamoa, bu safar Suriyadan yengildi.

O‘yin taqdirini hal qilgan yagona gol 90-daqiqada penaltidan kiritildi. Suriyaning eng mashhur futbolchisi Umar Harbin penaltini panenko uslubida amalga oshirib, uchrashuvga mantiqiy yakun yasadi. Suriya bunga qadar Xitoy maydonidan ham g‘alaba bilan qaytgan bo‘lib, Eron va Janubiy Koreya bilan durang o‘ynagandi. Shu tariqa ular o‘z ochkolari sonini 8 taga yetkazib oldi.

9 ochkosi bor O‘zbekiston terma jamoasi safida 89-daqiqadagi penaltiga sababchi himoyachi Yegor Krimets bo‘ldi. Mart oyida start olgan Xitoy Super ligasida Krimets birorta ham uchrashuvda ishtirok etmay, qaydnomalarga ham kiritilmayotgandi. Shunga qaramay Samvel Babayan unga imkoniyat bergandi.

JCh—2018. Saralash
“A” guruhi. 6-tur
23-mart, payshanba

Gol: Umar Harbin, 90-pen (1:0).

O‘zbekiston: Aleksandr Lobanov — Davron Hoshimov, Yegor Krimes, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Aziz Haydarov, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Jaloliddin Masharipov (Eldor Shomurodov, 55), Marat Bikmayev (Aleksandr Geynrix, 77), Temurxo‘ja Abduxoliqov (Igor Sergeyev, 64).

Mazkur turda Xitoy Janubiy Koreyani taslim qilgani inobatga olinsa, O‘zbekiston terma jamoasi Suriya bilan durang o‘ynab ham koreyaliklarga yetib olishi mumkin edi. Biroq mana shu minimum vazifa ham uddalanmadi.

Qayd etish kerak, tomonlarning Toshkentda o‘tgan ilk o‘yinida Aleksandr Geynrixning 72-daqiqada urgan yagona goli uchrashuv taqdirini hal qilgandi. Goldan keyin o‘zbekistonlik futbolchi uni selfi tushish bilan nishonlagan bo‘lsa, O‘zbekiston termasi mag‘lub etilgach, suriyalik futbolchilar ham bunga javoban selfi tayoqchasini ko‘tarib oldi.

Ma’lumot uchun, mazkur bellashuvda jarohati sabab Vitaliy Denisov maydonga tusha olmadi. O‘zi uchun noqulay qanotda o‘ynagan Islom To‘xtaxo‘jayev esa sariq kartochka olib, 28-mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Qatarga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydigan bo‘ldi.

Qatar Yulduzlar ligasida to‘purarlardan biri bo‘lib turgan Sardor Rashidov esa Suriyaga qarshi o‘yinda maydonga tushirilmadi. Qayd etish kerak, mazkur bosqichda Suriyani faqatgina Qatar yenga olgandi.

Опубликовано: admin (23-03-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 119) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют