» » Turkmanistonlik fuqaro Buxoroga 3 ming litr dizel yoqilg‘isini olib kirishga urindi

Turkmanistonlik fuqaro Buxoroga 3 ming litr dizel yoqilg‘isini olib kirishga urindi


1-iyul kuni “Olot” chegara bojxona posti orqali turkmanistonlik fuqaro 3000 litr miqdordagi dizel yoqilg‘isini Buxoroga olib kirishga uringan. Bu haqda Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Qo‘shni davlatdan O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaro H.N. boshqaruvidagi yuk avtomashinasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Unda bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 16 500 000 so‘mlik, jami 3000 litr dizel yoqilg‘isi berkitilganligi aniqlangan.

Hozirda dizel yoqilg‘isi daliliy ashyo sifatida saqlovga olingan va holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют