» » 3-iyul kuni O‘zbekistonda havo 38 darajagacha issiq bo‘ladi

3-iyul kuni O‘zbekistonda havo 38 darajagacha issiq bo‘ladi


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 3-iyul kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 21-23, kunduzi 31-33 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 19-24, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют