» » Google Arts & Culture O‘zbekiston muzeylariga 3D-turlarni ishlab chiqmoqchi

Google Arts & Culture O‘zbekiston muzeylariga 3D-turlarni ishlab chiqmoqchi


O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va San’atni rivojlantirish jamg‘armasi va Google Arts & Culture o‘rtasida O‘zbekiston muzey kolleksiyalari onlayn katalogini joylashtirish to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu haqda jamg‘arma matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib “Xalq so‘zi Online” xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Google Arts & Culture — bu dunyoning 70 ta mamlakatidan 1200 ta muzey, galereyalar va boshqa tashkilotlar eksponatlarining onlayn-to‘plamidir.

Ushbu servis xizmati dunyo ko‘rgazmalariga tashrif buyurish va san’at namunalarini sinchiklab o‘rganish imkoniyatini beradi.

Shuningdek, bu yerda dunyo madaniyati va san’ati tarixi, shu bo‘yicha maqolalar, fotosuratlar, videoroliklar va qo‘lyozmalar taqdim etiladi, shaharlar, me’moriy yodgorliklar, tabiat mo‘jizalari tomon ekskursiyalar tashkil qilinadi.

Shu kunlarda platformada raqamli kolleksiya va ikkita onlayn ko‘rgazma ishga tushirilgan.

Jamg‘arma esa Google Arts & Culture’ning O‘zbekistondagi ilk sherigiga aylandi.

“O‘zbekiston muzeylari kolleksiyalarining Google Arts & Culture’da mavjud bo‘lishi dunyo onlayn platformasida madaniyatlar ko‘p qirraliligi chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Endi jahonning istalgan burchagidagi foydalanuvchilar taqdim etilgan eksponatlarni tomosha qila olishadi”, — deyiladi jamg‘arma xabarida.

Keyingi bosqichda Google Arts & Culture O‘zbekiston muzeylariga 3D-turlarni ishlab chiqishni rejalashtiryapti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют