» » Suriyaga mag‘lub bo‘lgan O‘zbekiston, Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga safari, Londonda terakt uyushtirgan IShID va kuning boshqa muhim xabarlari

Suriyaga mag‘lub bo‘lgan O‘zbekiston, Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga safari, Londonda terakt uyushtirgan IShID va kuning boshqa muhim xabarlari


23-martning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Qozog‘iston va O‘zbekiston prezidentlari muzokaralari yakuni bo‘yicha bir qator hujjatlar imzolandi. O‘zbekiston Qozog‘iston bilan chegara yaqinida maxsus iqtisodiy zonalar tashkil etadi.

2. IShID Londondagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Politsiya Londondagi terakt oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

3. Notinch vaziyat sabab o‘z uyida o‘ynay olmayotgan Suriya mundial orzusidagi O‘zbekistonni mag‘lub etdi. O‘yin taqdirini hal qilgan yagona gol 90-daqiqada penaltidan kiritildi.

4. Toshkent YHXB: Chorrahalarda kameralarning ishga tushishi qoidabuzarliklar soni kamayishiga olib keldi. Kameralar bir haftada 29 mingga yaqin qoidabuzarlikni qayd etgan.

5. Toshkentda “5000 so‘mlik o‘g‘rilar” qo‘lga olindi. Toshkentda uchta avtomobilning eshik qulfini buzib, qimmatbaho buyum va pul mablag‘larini o‘g‘irlayotgan o‘smirlar qo‘lga olindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-03-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют