» » Marsni zabt etish chaqirig‘i, choy ishlab chiqargan prezident va AQSh prezidentligiga nomzoddan pul taklifi. Haftaning eng muhim tvitlari

Marsni zabt etish chaqirig‘i, choy ishlab chiqargan prezident va AQSh prezidentligiga nomzoddan pul taklifi. Haftaning eng muhim tvitlari


“Daryo” o‘tib borayotgan haftaning qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan tvitlarni diqqatingizga havola etadi.

“Rus trollarining o‘yinlari borgan sari zaiflashib borayotganini his qilyapman. Hoy, Putin, qo‘lingdan kelgani shumi?” – Maykl Makfol, AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi.

“Kreml xalqaro sanksiyalarni prinsipial xatolik sifatida baholab keladi, ammo o‘zi qo‘shnilariga nisbatan bunday sanksiyalarni qo‘llab keladi. Buni Gruziya misolida ko‘rish mumkin. Xalqaro aviaqatnovlarning to‘xtatilishi ortidan gruzin vinosi importiga taqiq qo‘yilmoqda”, – Kristian Esh, Spiegel jurnalisti.

“Stokgolmda o‘tkaziladigan qishki olimpiada o‘yinlari bahslariga bag‘ishlangan munozara tufayli chizilgan karikatura. Qishki olimpiada yozuvi bo‘lgan xokkeychi ‘onkologik kasalliklarni davolash’, ‘bojxona’, ‘mudofaa’ va ‘politsiya’ deb yozilgan raqiblarini turtib ketmoqda”, – Steget Efter, hajvchi va karikaturachi.

“Marsni bosib ol”, – Ilon Mask.

“Bu xabarni retvit qilib, 4-iyul sanasiga qadar mening sahifamga a’zo bo‘lganlarga oyiga ming dollar to‘layman. Keling muammo puldaligini va bu harakat insonlar uchun amalga oshirilayotganini isbotlaylik. Hech narsani sotib olish talab qilinmaydi. AQSh fuqarosi bo‘lmaganlar bezovta qilmasin”, – Endryu Yang, AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘ygan amerikalik tadbirkor.

“Giyohvand moddalarni iste’mol qilish dahshatli tus olmoqda. Faqatgina AQShning o‘zida guyohvandlikdan har yili qariyb 70 ming inson hayotdan ko‘z yummoqda”, – Ibrohim Varli, Birg?n nashri jurnalisti.

“Tayvan choyi butun dunyoda mashhur va bu bekorga emas. Ilan viloyatida menga a’lo navli choyni tayyorlash uchun qancha mehnat qilish kerakligini boshimdan o‘tkazish nasib etdi. Bu choydan tatib ham ko‘rdim. Agar imkoniyat bo‘lsa, bu choydan tatib ko‘ring”, – Say Inven, Tayvan prezidenti.

“Kanada va barcha kanadaliklarni Kanada kuni bilan tabriklayman. Ukrainani qo‘llab-quvvatlaganlaring uchun rahmat! 1–3-iyul kunlari Torontodagi URC2019 konferensiyasida ishtirok etaman. Ukraina uchun ko‘plab yangi uchrashuvlar va voqealar oldinda”, – Vladimir Zelenskiy, Ukraina prezidenti.

“Meksikaning Gvadalaxara shahridagi anomal do‘l mashinalarni ham ko‘mib yubordi”, – Jim Roberts, jurnalist.

“Chegarada kir-chir yurgan, qashshoq va kasalllarga hamda boshqa bolalar holidan xabar olayotgan bolalarga aybni ag‘darish qo‘rqoqlik va axloqiy tubanlikdir. Axir u mana 2,5 yildan beri president-ku”, – Stiven King, yozuvchi.

Jahongir Ergashev tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют