» » Rossiyadan 22 milliard dollar chiqib ketishi ishi bo‘yicha Buyuk Britaniya tergov boshladi

Rossiyadan 22 milliard dollar chiqib ketishi ishi bo‘yicha Buyuk Britaniya tergov boshladi


Britaniya antikorrupsion xizmati mamlakat banklarining Rossiyadan 22 milliard dollar chiqarib ketilishiga aloqasi borligi haqidagi axborotni tekshirish bilan shug‘ullanadi. Bu haqda Buyuk Britaniya moliya vaziri Saymon Kirbi ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

Tekshiruvga Rossiyadan 22 milliard dollarni moldovalik sudyalar yordamida Yevropa banklariga o‘tkazilgani borasidagi xalqaro jurnalistik tekshiruv sabab bo‘ldi.

The Guardian’ga ko‘ra, 740 million dollardan kam bo‘lmagan mablag‘ Britaniya banklariga kelib tushgan. Jumladan, Britaniyaning HSBC banki Gonkong filialiga Rossiyadan “moldova usuli” asosida olib chiqilgan kamida 545 million dollar kelib tushgan.

Avvalroq gazeta tomonidan qo‘lga kiritilgan hujjatlarga ko‘ra, ushbu sxema doirasida 2010—2014-yillarda Rossiyadan 20 milliard dollarga yaqin mablag‘ chiqarib ketilganligi haqida xabar berilgandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-03-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют