» » Qashqadaryoda 99 mln so‘mni o‘zlashtirgan tadbirkor qo‘lga olindi

Qashqadaryoda 99 mln so‘mni o‘zlashtirgan tadbirkor qo‘lga olindi


Qashqadaryoda firibgarlik yo‘li bilan 99 million so‘mni o‘zlashtirgan 23 yoshli xususiy tadbirkor qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2019-yil 2-iyul kuni shahar IIBga tushgan hujjatlar to‘plamiga ko‘ra, 2018-yil dekabr oyida Qarshi tumanida yashovchi, xususiy tadbirkor 23 yoshli O.J. Qarshi shahar hududida tanishlari, “Istiqlol” mahallasida yashovchi 27 yoshli A.S. va shu mahallada yashovchi 28 yoshli A.I.ga Toshkentdan arzon narxda bolalar tagliklarini olib kelib berishini aytgan.

Tadbirkor aldov yo‘li bilan A.S.dan 43 million so‘m hamda A.I.dan 56 million so‘m pullarni olib, o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.J. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2019, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют