» » IIBB Qo‘yliq bozoridagi “samosud”ga izoh berdi

IIBB Qo‘yliq bozoridagi “samosud”ga izoh berdi


Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Qo‘yliq” bozorida ikki fuqaro bir necha kishi tomonidan kaltaklangani aks etgan videoga izoh berdi. Xabarda aytilishicha, Bektemir tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari ushbu fakt bo‘yicha tekshiruv olib borgan.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 2-iyul kuni taxminan soat 16:30 da ro‘y bergan. Bozor savdogarlari 30 yoshli qashqadaryolik Sunnatillo Sh. va 31-yoshli surxondaryolik Alisher T. ikki nafar noma’lum shaxs 35 yoshli Jahongir E.ga tegishli bo‘lgan Cobalt rusumli avtomobilning eshigini buzayotganlarini ko‘rib qolgan.

Shundan so‘ng bu ikki savdogar va bozorning yana bir savdogari Shuxrat Sh. hodisa haqida ichki ishlar organlariga xabar bermasdan, mashina eshigini buzayotgan erkaklarni musht bilan jazolab, ularga tan jarohati yetkazgan. Mashina eshigini buzayotganlar muqaddam sudlangan farg‘onalik 40 yoshli Sayidjon T. va 39 yoshli Ahad K. bo‘lgan.

Ushbu holat yuzasidan, Sunnatillo, Alisher va Shuxratlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi (“Bezorilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Sayidjon T. va Axad K.larga nisbatan esa Jinoyat kodeksining 25-moddasi (“Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish”) va 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2019, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют