» » 4-iyuldan boshlab Sergeli tumani aholisiga zamonaviy elektr hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari boshlanadi

4-iyuldan boshlab Sergeli tumani aholisiga zamonaviy elektr hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari boshlanadi


Avval xabar qilganimizdek, Prezidentimizning 2018-yil 23-oktabrda “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini (ASKUE) joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shunga ko‘ra, 2019-yil, 4-iyuldan boshlab “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan poytaxtimizning Sergeli tumanida ham elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish ishlari boshlanadi. Shuni inobatga olib, elektr hisoblagichni almashtirish jarayonida xonadoningizda voyaga yetgan shaxsning ishtirokini ta’minlashingizni hamda imkon qadar oldindan mavjud hisoblagichingiz ko‘rsatkichini foto suratga olib qo‘yishingizni so‘raymiz.

Hozirda Toshkent shahrining Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur, Uchtepa va Mirobod tumanlari aholiga zamonaviy elektr hisoblagichlar o‘rnatib berilmoqda.

Alohida ta’kidlash kerakki, ushbu zamonaviy elektr hisoblagichlar iste’molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag‘lari evaziga bepul o‘rnatib berilmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, har bir iste’molchiga o‘rnatilayotgan zamonaviy hisoblagich uchun jamiyat mablag‘lari hisobidan o‘rtacha 770 000 so‘m sarflanmoqda va bu har bir iste’molchining shuncha mablag‘ iqtisod qilayotganini ko‘rsatadi.

Joriy yil yakuniga qadar ushbu zamonaviy elektr hisoblagichlar Toshkent shahrining barcha tumanlariga to‘liq o‘rnatib berilishi rejalashtirilgan. Shunga ko‘ra, iste’molchilardan hisoblagichlarni almashtirishga to‘sqinlik qilmasliklaringizni balki, yordam berishingizni so‘raymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2019, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют