» » Rasman: “Portu” himoyachisi “Atletiko”ga o‘tdi

Rasman: “Portu” himoyachisi “Atletiko”ga o‘tdi


“Portu” himoyachisi Felipe Monteyro faoliyatini “Atletiko”da davom ettiradi. Bu haqda Madrid klubining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

30 yoshli braziliyalik klub bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi.

“Matraschilar” futbolchi uchun “Portu”ga 20 million yevro to‘laydigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Felipe 2016-yilda portugaliyaliklar safiga 8 million yevro evaziga kelib qo‘shilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Felipe ortda qolgan mavsum “Portu” safida barcha musobaqalarda 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi hamda 2 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2019, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют