» » Harbiy qism va tibbiyot muassasalariga 14 ta tibbiy yordam mashinalari topshirildi

Harbiy qism va tibbiyot muassasalariga 14 ta tibbiy yordam mashinalari topshirildi


Bugun, 3-iyul Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qism va tibbiyot muassasalariga tez tibbiy yordam ko‘rsatuvchi xizmat avtomashinalari topshirildi, bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma’lum qildi.

Zamonaviy va qulay Damas rusumli mazkur avtomashinlar harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga, nafaqadagi faxriylarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishda asosiy vosita hisoblanadi.

Qurolli Kuchlar akademiyasida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda Mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikromov ishtirok etdi. O‘n to‘rtta tibbiy xizmat avtomashinlari hududlar bo‘yicha taqsimlanib, o‘z manziliga kuzatildi.

“Mudofaa vazirligiga topshirilgan tibbiy xizmat mashinalaridan to‘rttasi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qism va muassasalarga berildi. Bunday imkoniyat yurt posbonlarini ijtimoiy himoya qilish, ularga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshiradi”, — deydi HHMQ va HHK tibbiy ta’minot boshlig‘i, tibbiy xizmat podpolkovnigi Baxtiyor Qosimov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2019, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют