» » Sirdaryoda “Biznes-akselerator” o‘quv-amaliy markazi tashkil etildi

Sirdaryoda “Biznes-akselerator” o‘quv-amaliy markazi tashkil etildi


Sirdaryo viloyatida “Biznes-akselerator” o‘quv-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi huzurida davlat muassasasi shaklidagi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun innovatsion texnoparkni ham o‘z ichiga oluvchi “Biznes-akselerator” o‘quv-amaliy markazi tashkil etildi.

Qaror bilan markazning asosiy vazifalaridan etib quyidagilar belgilandi:

zamonaviy axborot va innovatsion texnologiyalar bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish;

yoshlarda mustaqil tadqiqotchilik va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va uni rivojlantirish, shuningdek, innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirish;

yosh tadbirkorlarga o‘z biznesini samarali yo‘lga qo‘yish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashish.

Markaz faoliyati Sirdaryo pedagogika kollejiga qarashli bo‘lgan 1 va 2-son talabalar yotoqxonasida tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2019, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют