» » Britaniya politsiyasi Londondagi terakt ijrochisining ismini e’lon qildi

Britaniya politsiyasi Londondagi terakt ijrochisining ismini e’lon qildi


Londonda 22-mart kuni piyodalar va politsiyachilarga hujum qilgan shaxsning ismi-sharifi Xolid Ma’suddir. Bu haqda, Meduza’ning yozishicha, London politsiya xizmati ma’lum qilgan.

Ma’sud 52 yoshda bo‘lgan, u kentlik edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u so‘nggi vaqtlarda Uest-Midlends grafligida yashab kelayotgan edi (teraktdan so‘ng bir necha kishi hibsga olingan Birmingem shahri shu graflikda joylashgan).

Xolid Ma’sud bir necha bor, xususan, og‘ir jarohat yetkazgani va noqonuniy qurol saqlagani uchun sudlangan. So‘nggi bor 2003-yili jazoga tortilgan.

Politsiyadagilarning ma’lum qilishicha, teraktni amalga oshirish vaqtida u tergov ostida bo‘lmagan; huquqni muhofaza qilish organlari uning terakt uyushtirish niyatidan bexabar bo‘lgan.

Xolid Ma’sud 22-mart kuni Londondagi Buyuk Britaniya parlamenti binosi oldida o‘nlab odamlarni urib o‘tdi va politsiyachilarga pichoq bilan hujum qildi, shundan so‘ng politsiyachilar tomonidan otildi.

Terakt oqibatida to‘rt kishi (jumladan, terrorchining o‘zi) halok bo‘lgan, 30 ga yaqin odam turli darajada tan jarohati olgan.

Hujum uchun javobgarlikni IShID terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga oldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-03-2017, 22:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют