» » Toshkentda 33 nafar haydovchiga nisbatan piyodalar yo‘lakchalarida avtotransportda harakatlangani uchun ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi

Toshkentda 33 nafar haydovchiga nisbatan piyodalar yo‘lakchalarida avtotransportda harakatlangani uchun ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi


1-iyul kuni Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan 33 nafar haydovchilarga nisbatan piyodalar yo‘lakchalaridan avtotransportda harakatlanganlari uchun ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi, bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi xabar qiladi.

Qoidabuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasi (“Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi”) bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu qoidabuzarlik uchun EKIHning ikkidan bir qismi miqdorida jarima ko‘zda tutilgan. Ushbu huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish — EKIHning bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Agar xuddi shunday huquqbuzarlik uch marta va undan ortiq ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, EKIHning to‘rt baravari miqdorida jarima solinishi yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oy muddatga mahrum etilish mumkin.

Ushbu haydovchilar avtomobillarini piyodalar yo‘lakchalarida qoldirib, piyodalar uchun noqulayliklar tug‘dirgan.

Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi haydovchilardan, yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilarini hurmat qilishni va qoidalarga rioya qilishni so‘raydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2019, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют