» » Sante-Fedagi maktabda sodir bo‘lgan otishmada “qahramonlik” ko‘rsatgan o‘qituvchining aytganlari yolg‘on bo‘lib chiqdi

Sante-Fedagi maktabda sodir bo‘lgan otishmada “qahramonlik” ko‘rsatgan o‘qituvchining aytganlari yolg‘on bo‘lib chiqdi


2018-yilning may oyida Santa-Fe shahridagi maktablardan birida sodir bo‘lgan otishma oqibatida o‘n kishi halok bo‘lgan va 13 kishi jarohat olgan edi. Mazkur noxush hodisada Devid Briskou ismli o‘qituvchi qahramonlik ko‘rsatib o‘z sinfini otishmadan saqlab qolgani ovoza bo‘lib ketgan edi. Biroq endi ma’lum bo‘lishicha, o‘qituvchining barcha aytganlari yolg‘on bo‘lib chiqqan, deb xabar beradi Forum Daily.

Texas Tribune jurnalistlarining aniqlashicha, Briskou hech qachon Santa-Fe maktabida ishlamagan, u butun umr AQShning boshqa bir chetida — Floridada yashagan.

Santa-Fe okrugidagi maktablarning hech birida Briskou familiyali o‘qituvchi topilmadi. Ingliz tili fani esa otishma sodir bo‘lgan kuni o‘tilmagan. Maktab ishchilaridan hech biri Devid Briskouni tanimagan.

O‘z vaqtida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “qahramon o‘qituvchi” yo‘lgonchi bo‘lib chiqqani haqida hozirda New York Times, Washington Post, BBC, Hill va boshqa ko‘plab xorij nashrlari yozdi.

“Bu yolg‘on ma’lumotni yaratish va tarqatish qanchalik oson ekanligini ko‘rsatib berdi”, — deydi maktab okrugi superintendanti Li Uoll.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2019, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют