» » Gulistonda 1500 dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan dekan o‘rinbosari qo‘lga olindi

Gulistonda 1500 dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan dekan o‘rinbosari qo‘lga olindi


Gulistonda o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1500 ming dollar talab qilgan dekan o‘rinbosari qo‘lga olindi. Bu haqda 3-iyul kuni Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Sirdaryo viloyati hududiy Idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi, deb xabar beradi O‘zA.

Guliston davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti dekani o‘rinbosari firibgarlik yo‘li bilan N.S. ismli fuqaroning jiyanini tanishlari orqali universitetining “Tarix” fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1500 AQSh dollari talab qilib, 1000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Guliston tibbiyot kolleji “Kasbiy fan” o‘qituvchisi firibgarlik yo‘li bilan X.G‘. ismli fuqaroni kollejdagi tanishlari orqali “kontrakt” asosida o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 300 AQSh dollari talab qilgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2019, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют