» » Mudofaa vaziri o‘rinbosari tashrifidan so‘ng Surxondaryodagi harbiy qismda nimalar o‘zgardi?

Mudofaa vaziri o‘rinbosari tashrifidan so‘ng Surxondaryodagi harbiy qismda nimalar o‘zgardi?


Bundan bir oy avval Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligidagi sayyor qabul guruhi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugning Surxondaryo viloyati, “Kakaydi qo‘rg‘oni”da joylashgan harbiy qismga tashrif buyurgan edi.

Vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, tashrif davomida Mudofaa vazirining o‘rinbosari tomonidan harbiy qismning zamonaviy qiyofaga keltirish, harbiy shaharchada yashayotgan harbiy oilalarning farovon turmush darajasini oshirish, uy bekalariga qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va boshqa muhim masalalar yuzasidan qator vazifalar qo‘yilgan.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining bir guruh ijodiy xodimlari ushbu harbiy qismda jadal amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rib, qo‘yilgan vazifalarning a’lo darajada bajarilayotganiga guvoh bo‘ldi.

Xususan, harbiy qismga o‘zgacha ko‘rk qo‘shadigan landshaftli bezaklar, turli xil supturopik o‘simliklarni ekish ishlari avjida. Go‘zallik saloni, oziq-ovqat do‘koni, tikuvchilik sexi kabi xizmat ko‘rsatish shoxobchalarining ish boshlagan.

Harbiy qismda harbiy xizmatchilarning farzandlari yozgi ta’tilni unumli o‘tkazishlari uchun informatika, adabiyot, matematika kabi fanlar hamda turli sport to‘garaklari tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu harbiy qism okrug miqyosida o‘tkazilgan eng namunali harbiy qism ko‘rik-tanlovida faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2019, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют