» » Hindistonda avariyaga uchragan erkak dafn marosimida o‘ziga keldi

Hindistonda avariyaga uchragan erkak dafn marosimida o‘ziga keldi


Hindistonning Lakxnau shahrida istiqomat qiluvchi erkakni tiriklayin ko‘mib yuborishlariga sal qoldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Avariyada jarohatlangan erkakning davolanishi uchun oilasi 700 ming rupiy to‘ladi. Biroq shifokorlar yaqinlari bergan pul tugashi bilan bemor qazo qilganini bildirib, uni oilasiga topshirdi.

Dafn marosimida erkakning oyoq-qo‘li qimirlayotganini payqagan qarindoshlari darrov boshqa klinika shifokorlarini chaqirdi. Ular marhum tirik ekanligi, tomiri urib turganini qayd etdi.

Hozirda erkak davolanish kursini o‘tamoqda. Politsiya tirik bemorni o‘ldiga chiqargan vrachlarga nisbatan tekshiruv boshladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют