» » Nursulton Nazarboyevning nevarasi London qirollik sudida politsiyachiga hujum qilishda ayblandi

Nursulton Nazarboyevning nevarasi London qirollik sudida politsiyachiga hujum qilishda ayblandi


London qirollik sudida Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning nevarasi Aysultan Nazarboyevni politsiyachiga hujum qilishda ayblashdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Sudda bo‘lib o‘tgan dastlabki eshituvdan so‘ng ma’lum bo‘lishicha, 28 yoshli Aysultan narkotik moddalar ta’sirida bo‘lgani holda politsiyachilarga qarshilik ko‘rsatgan, ulardan birini urgan va tishlab olgan.

Qoralovchi Gregor Makkinlining aytishicha, ko‘ngilsiz hodisa 3-iyul kuni London markazida, Nazarboyev balkonda o‘zini o‘zi o‘ldirish bilan tahdid qilgan mehmonxonalarning birida sodir bo‘lgan.

Ayblanuvchi hozirda hibsda, biroq u o‘z aybini tan olganicha yo‘q.

Butun eshituv davomida Nazarboyev birorta ham so‘z aytmagan, umuman olganda sobiq prezident nabirasiga savollar ham bo‘lmagan.

Avvalroq, Aysultan Nazarboyev o‘zini o‘zi o‘ldirishga uringani va bunga to‘sqinlik qilgan politsiyachiga jarohat yetkazgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют