» » Toshkent chorrahalaridagi kameralarda xatoliklar yuz bergani tasdiqlandi

Toshkent chorrahalaridagi kameralarda xatoliklar yuz bergani tasdiqlandi


Toshkent chorrahalarida joriy yilning 15-mart sanasidan kuzatuv kameralari ishlay boshlaganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda kameralar ishida xatoliklar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Unga ko‘ra, kameralar qoidabuzarlikni sodir etgan transport vositalarining ro‘yxatdan o‘tgan hududini aniqlashda xatoga yo‘l qo‘ygan va jarima qog‘ozi xuddi shu raqam bilan Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan transport vositasiga yuborilgan. Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda mazkur xabarlar tasdiqlandi.

Toshkent shahar IIBB YHXB Kompyuter markazi boshlig‘i podpolkovnik Shuhrat Murodov chorrahalardagi kameralar ishga tushirilganidan so‘ng haqiqatdan ham xatoliklar yuzaga kelgani va hozirgi kunda bu xatoliklar bartaraf etilganligini ma’lum qildi.

Shuningdek, brifingda kameralar tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklar bo‘yicha yuzaga keladigan bahsli masalalar uchun maxsus bo‘lim ochilgani ma‘lum qilindi. Bo‘limga yozilgan jarimalar bo‘yicha tushgan murojaatlarning 80 foizida haydovchilar haqiqatdan ham qoidani buzganligi aniqlandi.

Mavzuga doir: Toshkent YHXB: Chorrahalarda kameralarning ishga tushishi qoidabuzarliklar soni kamayishiga olib keldi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-03-2017, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют