» » UzAuto Motors kompaniyasi yangi modellar va yangi ranglardagi avtomobillarni yil oxiriga qadar taqdim etadi

UzAuto Motors kompaniyasi yangi modellar va yangi ranglardagi avtomobillarni yil oxiriga qadar taqdim etadi


4-iyul kuni Asaka avtomobil zavodida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida UzAuto Motors kompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov kompaniya tomonidan ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan yangi modellar va avtomobillarga sepiladigan yangi ranglar haqida ma’lumot berdi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

“Afsuski, hamma ma’lumotni oshkor eta olmayman. Chunki bu kompaniya siri. Aytishim mumkinki, biz yangi modellarni o‘zlashtirish bo‘yicha shartnoma imzolaganmiz. Yangi modellar mutlaqo yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqariladi. Ularning dvigateli, elektronikasi, xavfsizlik texnikasi umuman boshqacha bo‘ladi. Biz hozirda yangi modellarni ishlab chiqarish uchun stanoklar xarid qilish yuzasidan ish olib bormoqdamiz”, — deydi Rustam Rajabov.

UzAuto Motors kompaniyasi rahbarining qayd etishicha, Cobalt o‘rniga yangi model ishlab chiqariladi va u yil oxiriga qadar taqdim etiladi.

Shuningdek, yil oxiriga qadar SUV toifadagi mashinalar hamda Toshkentda yig‘iladigan Chevrolet Trailblazer, Chevrolet Equinox va Chevrolet Traverse avtomobillarining ham ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, sentabr oxiridan boshlab kompaniya yangi ranglardagi avtomobillarni ham ishlab chiqara boshlaydi. Ushbu ranglar GM kompaniyasi zavodlari ichida faqat O‘zbekistonda joriy etilmoqda.

Eksklyuziv buyurtma qilinadigan avtomobillar uchun GK2 — jilosiz qora rangdan foydalaniladi. Shuningdek, GBO — ho‘l asfaltrangning yangi jilosi, GAN — to‘q feruza rang, GD8 — qora tuslardan ham foydalaniladi. Yangi rangli avtomobillar to‘rtinchi chorakdan boshlab mijozlarga yetkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют