» » UzAuto Motors rahbari monopoliyaga munosabati haqida so‘zlab berdi

UzAuto Motors rahbari monopoliyaga munosabati haqida so‘zlab berdi


4-iyul kuni Asaka avtozavodida UzAuto Motors kompaniyasi rahbariyati tomonidan jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

Matbuot anjumanida UzAuto Motors kompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov monopoliyaga bo‘lgan munosabati haqida so‘zlab berdi.

“Avvaliga monopoliya nima ekanligiga aniqlik kiritib olaylik. Bu yakka ishlab chiqaruvchimi yoki yakka sotuvchimi?”, — dedi Rustam Rajabov.

“Keyingi yillarda raqobatchilarimiz paydo bo‘lganidan xursandman. Birgina Rossiyaning Lada brendi O‘zbekistonda 11 ta salon ochgan. Ularning mashinasi yaxshi, narxiyam hamyonbop. Bundan tashqari, Toyota, Mercedes-Benz, Kia avtomobillarini taklif etayotgan salonlar ham ishlab turibdi. Hozirda xaridorlarda tanlov imkoniyati borligi bizni haqiqatdan ham quvontiradi”, — deya so‘zlarini davom ettiradi UzAuto Motors kompaniyasi rahbari.

Shuningdek, u O‘zbekistonda Renault avtomobillari ishlab chiqarilishi mumkinligi haqidagi xabarlardan xavotirga tushganini ham yashirmadi:

“Ertaga Renault keladi deyishyapti. Bu hol bizni biroz xavotirga solmoqda. Biz xodimlar bilan o‘tirib, maslahatlashamiz, nima qilamiz, narxini tushiramizmi, aksiya qilamizmi yoki texnik ko‘rikdan o‘tkazishga imtiyoz beramizmi, deb o‘ylaymiz”.

Rustam Rajabov raqobatchilarning borligi avtomobil bozori rivojlanishiga turtki bo‘lishini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют