» » Aryen Robben futbolchilik faoliyatini yakunladi

Aryen Robben futbolchilik faoliyatini yakunladi


“Bavariya”, “Real” hamda “Chelsi” sobiq yarim himoyachisi Aryen Robben futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon  qildi.

“Men professional futboldagi karyeramni yakunlashga qaror qildim. Shak-shubhasiz, bu mening karyeramdagi qabul qilishim kerak bo‘lgan eng qiyin qaror bo‘ldi”, — deydi 35 yoshli niderlandiyalik.

Eslatib o‘tamiz, Robben faoliyati davomida “Groningen”, PSV, “Chelsi”, “Real” va “Bavariya” klublarida to‘p surdi. U karyerasida jami 30 ta sovringa ega chiqdi.

Robben “Bavariya” safida 8 marta Germaniyada, “Chelsi” tarkibida 2 bor Angliya chempioniga aylangan bo‘lsa, 1 martadan “Real” bilan Ispaniya hamda PSV bilan Niderlandiya chempionatida g‘alaba qozondi.

Robben 2012/13-yilgi mavsum “Bavariya” safida Yevropa Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘ldi. O‘shanda futbolchi Dortmundning “Borussiya” jamoasiga qarshi kechgan final bahsida g‘alaba golini urgandi.

Ma’lumot uchun, Robben Niderlandiya terma jamoasi tarkibida umumiy hisobda 96 ta uchrashuvda 37 ta gol urishga erishdi. U terma jamoa bilan birgalikda Jahon Chempionatlarida kumush (2010) va bronza (2014) medallarini qo‘lga kiritdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют