» » Antuan Grizmanning “Barselona”da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi

Antuan Grizmanning “Barselona”da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi


“Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmanning “Barselona”ga o‘tgan taqdirda qancha maosh olishi ma’lum qilindi.

Marca’ning xabar berishicha, 28 yoshli futbolchining advokati allaqachon Kataloniya klubi bilan shartnoma shartlari borasida shaxsiy kelishuvga erishgan.

Fransuz “ko‘k-anorranglilar” safida 5 yil mobaynida 105 million yevro ishlab topadi. Birinchi va ikkinchi yili uning maoshi yiliga 18 million yevroni tashkil etadi. Uchinchi yili 21 million, to‘rtinchi yili 23 million, beshinchi yili esa 25 million ko‘rinishida maosh olishi belgilanadi.

Grizmannning yillik o‘rtacha maoshi, hozirda “Atletiko”da ishlab topayotgan daromadi kabi 21 million yevro bo‘ladi.

Avvalroq “Barselona” futbolchiga yiliga 17 million yevrolik maosh taklifi bilan chiqqandi.

Eslatib o‘tamiz, Antuan Grizmann 2018/19-yilgi mavsum La Ligada 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi hamda 10 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 97) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют