» » JCh—2018. Saudiya va Yaponiya Rossiya sari dadil qadam tashladi. Avstraliya va BAAda esa aksincha

JCh—2018. Saudiya va Yaponiya Rossiya sari dadil qadam tashladi. Avstraliya va BAAda esa aksincha


Kecha — 23-mart kuni Rossiya—2018 mundiali uchun kurash olib borayotgan Osiyo mamlakatlari hal qiluvchi saralashning 6-tur o‘yinlarida maydonga tushdi.

OFK a’zosiga aylanganidan so‘ng mundial chiptasini uzluksiz qo‘lga kiritib kelayotgan Avstraliya terma jamoasining ahvoli biroz og‘irlashdi. Mazkur turni Iroqqa qarshi o‘tkazgan “sokkerouz” 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Bu Avstraliya uchun ketma-ket to‘rtinchi durang bo‘ldi. Yashil qit’a termasi avvalroq Saudiya va Tailandga qarshi safar o‘yinlarini bir xilda — 2:2 hisobida yakunlagan bo‘lsa, o‘z maydonida Yaponiyani yenga olmagandi — 1:1. Shu tariqa Osiyoning amaldagi chempioni Rossiya mundialidan nisbatan uzoqlashdi.

Chunki u bilan raqobat olib borayotgan Yaponiya hamda Saudiya Arabistoni termalari safarda to‘p surishiga qaramay, ishonchli g‘alabalarni qo‘lga kiritdi.

BAA termasi saralashni sensatsion g‘alaba bilan boshlab, Yaponiyadan 3 ochko olib qaytgandi. Javob o‘yinida kunchiqar yurt termasi buning uchun o‘ch oldi — 2:0. 1:2 hisobidagi ilk turdagi mag‘lubiyat va Avstraliya bilan durangni inobatga olmasa, qolgan barcha bellashuvlar yaponiyaliklarning g‘alabasi bilan yakuniga yetgan.

Saudiya Arabistoni termasi esa saralashdagi ikkinchi yirik g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Avvalroq BAA ustidan 3:0 hisobida zafar quchgan jamoa, endi Tailandni shu hisobda taslim qila oldi.

Saudiyaliklar Avstraliya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan va Yaponiyada imkoniyatni boy bergan — 1:2.

JCh—2018. Saralash
“B” guruhi. 6-tur
23-mart, payshanba

Gollar: Metyu Leki, 40 (0:1). Ahmad Yosin, 76 (1:1).

Gollar: Muhammad Ash-Shahlaviy, 26 (0:1). Tanaboon Kesarat, 84-avt (0:2). Salmon Al-Muvashar, 90+2 (0:3).

Gollar: Kubo, 13 (0:1). Konno, 51 (0:2).

7-tur bellashuvlari 28-mart kuni bo‘lib o‘tadi: Avstraliya — BAA, Yaponiya — Tailand, Saudiya — Iroq.

Опубликовано: admin (24-03-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 119) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют