» » Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga direktor tayinlandi

Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga direktor tayinlandi


Prezidentning 2019-yil 6-maydagi “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida tibbiyot sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, shifokorlarning malakasini oshirish, ta’lim va ilm-fan jarayonlarini tibbiyot amaliyoti bilan integratsiya qilish borasida keng qamrovli vazifalarni amalga oshirish belgilab berilgan edi. Jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasining birinchi, ikkinchi va uchinchi klinikalari negizida zamonaviy tibbiyot ta’lim klasterini yaratish orqali ushbu oliy ta’lim muassasasining Ko‘p tarmoqli klinikasini tashkil etish belgilangandi, bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ayni paytda mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida ko‘p tarmoqli klinika tashkil etildi. Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan tibbiyot fanlari nomzodi Dildora Rustamova ta’lim, amaliyot va ilm-fan integratsiyasini ta’minlashga ixtisoslashgan ushbu yangi Ko‘p tarmoqli klinika direktori etib tayinlandi.

D. Rustamova 1992-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida va 2009-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan. Shu vaqtgacha u Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi bosh shifokori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют