» » AQSh hukumati viza berishda shubhali shaxslarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini tekshiradi

AQSh hukumati viza berishda shubhali shaxslarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini tekshiradi


AQSh Davlat departamenti Amerikaning barcha elchixonalari va konsulxonalari xodimlariga viza so‘rab murojaat qilgan shaxslar ichida ekstremistlarga aloqadorlikda gumon qilinayotgan yoki IShID terrorchilik guruhi nazorati ostidagi hududlarda bo‘lgan kishilarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini tekshirishni buyurdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Davlat departamenti diplomatik missiyalarga, shuningdek, bir-biridan mustaqil ravishda viza berishda qanday guruhdagi kishilarni alohida puxtalik bilan tekshirish kerakligi haqida o‘z tavsiyalarini taqdim etishni yukladi.

Vashington 17-mart kuni Amerika diplomatik vakolatxonalariga yuborgan hujjatlarda qayd etilishicha, ushbu choralar AQSh prezidenti Donald Trampning mamlakatga kirish bilan bog‘liq qoidalarni qat’iylashtirish qaroriga aloqador.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (24-03-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют