» » Porsche o‘z xodimlariga 9 ming yevrodan mukofot beradi

Porsche o‘z xodimlariga 9 ming yevrodan mukofot beradi


Porsche kompaniyasi o‘z xodimlariga 9111 yevro miqdorida mukofot puli to‘lashi haqida ma’lum qildi. Bonus qariyb 21 ming xodimga taqdim etiladi. Shu tariqa kompaniya 2016-yildagi muvaffaqiyatli natijalarni nishonlaydi. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

2016-yilda kompaniya savdo bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Savdo 2015-yilga nisbatan olti foizga o‘sdi va 237 778 ta avtomobilni tashkil qildi. Porsche’ning daromadi 22,3 milliard yevrogacha oshdi.

2016-yil oxirida ishlab chiqaruvchi xodimlar sonini 13 foizga oshirdi va 27 612 kishiga yetdi. Kompaniya o‘tgan yillar mobaynida ham o‘z xodimlariga mukofot puli to‘lagan. 2016-yilda 15,6 ming xodim mukofot pulini qo‘lga kiritgan, 2015-yilda esa har bir xodimga qo‘shimcha 8,6 ming yevro to‘langan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-03-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют