» » Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi

Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi


Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun Bishkek shahriga kelgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 6-iyul kuni Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan O‘zbekiston—Qirg‘iziston munosabatlari masalalari, hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish yo‘llari muhokama qilindi hamda “Markaziy Osiyo—Yevropa Ittifoqi” shaklidagi 15-vazirlar uchrashuvi kun tartibi yuzasidan fikr almashilgan.

“Muloqot davomida oliy darajadagi muntazam aloqalar O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlarda ikki tomonlama munosabatlar va xalqaro maydondagi aloqalarning barcha masalalariga o‘zaro maqbul yechim topishga imkon beruvchi ijobiy muhit shakllantirgani mamnuniyat bilan qayd etilgan”, — deyiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborotida.

Qayd etishlaricha, vazirlar turli darajalarda bo‘lajak uchrashuvlar jadvali yuzasidan ham fikr almashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют