» » “Qizil shahodatnoma” faqat 8—9-sinflardagi a’lo ko‘rsatkichlar uchun beriladi

“Qizil shahodatnoma” faqat 8—9-sinflardagi a’lo ko‘rsatkichlar uchun beriladi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (pdf) bilan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb yozadi Norma. Shu paytgacha amal qilgan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizom va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.

Nizomda bir qator yangiliklar bor. Masalan, umumta’lim muassasalarining qanday turlari tashkil etilishi mumkinligi keltirilgan:

Ta’lim turlarining uzviyligini ta’minlash maqsadida o‘quv-tarbiya majmualari tashkil etilishi mumkin.

Shuningdek, davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalarga bevosita muassasaning o‘zida umumiy o‘rta ta’lim berish tashkil etiladi.

Davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalarga umumiy o‘rta ta’lim berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Bundan tashqari, olis (tog‘li, cho‘lli) aholi punktlarida yashovchi maktab yoshidagi bolalarning umumiy o‘rta ta’lim olishlarini tashkil etish maqsadida tegishli tuman (shahar) hokimliklarining qarori asosida umumta’lim muassasalarining filiallari tashkil etiladi.

Umumta’lim muassasalarining filiallarida o‘quvchilar soni 100 nafargacha bo‘ladi.

Boshqa umumta’lim muassasalariga yaqinligi hamda moddiy-texnik bazasining holatidan kelib chiqib, tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — xalq ta’limi boshqaruv organlari) hamda tuman (shahar) hokimliklari moliya bo‘limlarining takliflariga ko‘ra, tegishli tuman (shahar) hokimliklarining qarorlari asosida o‘quvchilarining soni 180 nafargacha bo‘lgan umumta’lim muassasalari ham filiallarga aylantirilishi mumkin.

O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:

Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida bayram (ishlanmaydigan) kuni deb belgilangan kunlarda dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi.

Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.

O‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:

Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

I sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.

Umumta’lim muassasasini tugatgan bitiruvchilarga davlat namunasidagi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, VIII — IX sinflardagi o‘qishi davrida (avval V — IX sinflardagi edi) faqat a’lo ko‘rsatkichlarga va namunali xulqqa ega bo‘lgan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga esa a’lo darajali shahodatnoma beriladi.

Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaning davlat namunasini tasdiqlash va uni berish tartibini belgilash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat ta’lim standartlari doirasida umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini mustaqil o‘zlashtirgan o‘quvchilarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish huquqi beriladi. Yakuniy davlat attestatsiyasini eksternat tartibida muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga davlat namunasidagi shahodatnoma beriladi.

Eksternat to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Bolalarni umumta’lim muassasasining I sinfiga qabul qilish uchun ularning ota-onalari tomonidan quyidagi hujjatlar topshiriladi:

Опубликовано: admin (24-03-2017, 10:13)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 38) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют