» » Jizzaxda O‘zMU filiali tashkil etildi

Jizzaxda O‘zMU filiali tashkil etildi


Vazirlar Mahkamasining 5-iyuldagi 563-sonli qarori bilan Jizzax shahrida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining filiali tashkil etildi, deb xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

Filialda quyidagi va boshqa ehtiyoj yuqori bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi:

Filial xorijiy davlatlarning yetakchi OTMlari bilan, jumladan, psixologiya sohasida Rossiyaning yetakchi OTMlari bilan hamkorlikda qo‘shma dasturlar asosida malakali kadrlar tayyorlaydi.

2019/2020 o‘quv yilida filialga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari O‘zbekiston ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют