» » Pinngle bepul messenjeri: hatto internet yaxshi ishlamaydigan hududlarda ham ishlaydi

Pinngle bepul messenjeri: hatto internet yaxshi ishlamaydigan hududlarda ham ishlaydi


Pinngle hammani bahor ayyomi bilan muborakbod etadi hamda yorqin va yaxshi voqealarga boy hayotni tilab qoladi. Bahor har bir kishiga yangilanish umidini  beradi: biz orzu qilamiz, rejalar tuzamiz, sayohatlarga chiqamiz, yangi ish topamiz yoki o‘z ishimizni yo‘lga qo‘yamiz. Biz bir joyda o‘tirmaymiz, qadrdon uyimizni tark etamiz, ammo  bu yerda bizni yaqinlarimiz va qadrdon kishilarimiz har doim kutadi. Shu bois biz ham ularning zerikib qolishiga yo‘l qo‘ymaymiz!

Endi uydan minglab kilometr uzoqda turib o‘zingiz haqida xabar berishingiz mumkin. Hatto uyingiz mamlakatimizning eng chekka hududida, tezkor internet yetib bormagan joyda bo‘lganida ham.

Agar sizning, qarindoshlaringizning va do‘stlaringizning smartfonida Pinngle bo‘lsa, hatto eng noqulay sharoitlarda ham, internet signali kuchsiz bo‘lgan joylarda va batareyangizning quvvati kam qolganida ham, internet-trafigingizni tejagan holda doim aloqada bo‘lasiz.

Pinngle O‘zbekiston va dunyoning istalgan burchagida, hatto past tezlikdagi internetda ham juda yaxshi ishlaydi

Pinngle butun dunyo  bo‘ylab, internet yaxshi ishlamaydigan hududlarda, hatto internet-trafik almashinuvi cheklangan va boshqa messenjerlar o‘chirilgan mamlakatlarda ham tarmoqqa  chiqish imkonini beradigan algoritmni ishlab chiqdi. Siz sayyoramizning istalgan nuqtasida faol ishlashingiz, o‘qishingiz, hordiq chiqarishingiz mumkin. Pinngle O‘zbekistonning eng chekka hududlarida internet tezligi past bo‘lgan sharoitlarda ham barqaror ishlaydi va yuqori yechimdagi HD formatida audio- va videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beradi. Pinngle o‘tkazish qobiliyati past bo‘lgan GPRS/EDGE/2G uyali aloqa tarmoqlarida ovoz va surat pikselizatsiyasining sifatini yo‘qotmagan holda ishlaydi. Boshqacha qilib aytganda, internet tezligi qanchalik past bo‘lmasin, aloqa sifati doim yuqori darajada bo‘ladi!

Chunki Pinngle boshqalar uddalay olmaydigan joyda ham ishlaydi!

Pinngle smartfoningizning quvvatini tejaydi

Smartfoningizning quvvati kam qolganida Pinngle orqali uzoq kechadigan suhbatlar – endi real voqelikdir. Apparatni zaryadlashga vaqt sarflamaysiz! Ilovaning o‘zi telefoningizning quvvatini tejaydi va u 1,5 baravar ko‘proq ishlaydigan bo‘ladi (boshqa messenjerlar bilan solishtirganda, albatta). Siz zaryadlash haqida bosh qotirmasdan audio- yoki video-rejimda xohlaganingizcha muloqot qilishingiz mumkin.

Pinngle foydalanuvchilarining telefonida batareya quvvati eng kerakli paytda yo‘qolib qolmaydi!

Pinngle internet-trafikni tejaydi

Pinngle messenjerining muhim xususiyati shundaki, u real vaziyatlarga moslasha oladi va past tezlikdagi internet sharoitlarida ham juda yaxshi ishlaydi. Shuningdek Pinngle o‘z foydalanuvchilarining internet-trafigini tejashni o‘rgangan: agar internetingiz tugayotgan bo‘lsa, past trafik rejimini yoqing, shunda internet iste’moli minimumga yetkaziladi, biroq aloqa sifati yo‘qolmaydi. 

Trafikni tejash rejimini yoqing va muloqotingizni davom ettiring!

Messenjerda O‘zbekiston fuqarolarining ona tilida yaratilgan interfeys mavjud

Pinngle o‘zining turli mamlakatlardagi foydalanuvchilarini qadrlaydi, shu bois mualliflar O‘zbekiston aholisi uchun messenjerning o‘zbek tilidagi versiyasini maxsus ishlab chiqishdi. Ilovani o‘rnatayotgan paytda o‘z ona tilingizdagi interfeysni tanlang  yoki mavjud til versiyasini unga almashtiring:

Pinngle o‘zbek tilida gapiradi!

Har doim va har yerda aloqada qoling. Vaqtingizni yo‘qotmang, yuklab oling va cheklovlarsiz muloqotdan yaxshirog‘i yo‘qligiga o‘zingiz ishonch hosil qiling.

Ilovani YuKLAB OLISh:

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (24-03-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют