» » “Lokomotiv” “Zenit”ni mag‘lub etib, Rossiya Superkubogini qo‘lga kiritdi

“Lokomotiv” “Zenit”ni mag‘lub etib, Rossiya Superkubogini qo‘lga kiritdi


6-iyul, shanba kuni futbol bo‘yicha Rossiya Superkubogi final bahsida mamlakatning amaldagi chempioni Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi Moskvaning “Lokomotiv” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 6-daqiqasidayoq “temiryo‘lchilar” hujumchisi Fyodor Smolov hisobni ochdi (1:0). 45 va 52-daqiqalarda esa peterburgliklar vakili Sardor Azmun ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi (2:1). Moskva klubi yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk ham 78 hamda 81-daqiqalarda o‘z nomiga dublni rasmiylashtirib qo‘ydi.

Shu tariqa “Lokomotiv” “VTB-Arena” stadionida kechgan bahsda “Zenit”ni 3:2 hisobida mag‘lub etib, 3-bor mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, “Lokomotiv” Superkubok bahslarida “Zenit” bilan 3-marta to‘qnash keldi. Bunga qadar u 2008 va 2015-yillarda Peterburg klubiga imkoniyatni boy bergandi.

Eslatib o‘tamiz, endilikda “Loko”ning sovrinlari soni 3 taga yetdi. Bu borada u “Zenit” hamda SSKAdan ortda bormoqda. “Zenit” hisobida 4 ta sovrin mavjud bo‘lsa, SSKA 7-marotaba Superkubokka ega chiqqandi.

Rossiya Superkubogi

Final bahsi

6-iyul, shanba

Gollar: 0:1 — 6 Smolov, 1:1 — 45 Azmun, 2:1 — 52 Azmun, 2:2 — 78 Miranchuk, 2:3 — 81 Miranchuk

“Zenit”: Lunev, Rakitskiy, Ivanovich, Smolnikov, Jirkov, Ozdoyev, Noboa (Yeroxin, 46), Rigoni (Mak, 86), Dzyuba, Azmun (Jorjevich, 77), Driussi

“Lokomotiv”: Gilyerme, Serkeyra, Jivoglyadov (Idovu, 84), Chorluka, Ribus, Miranchuk, Barinov, Krixovyak, Miranchuk, Jamoliddinov (Eder, 67), Smolov (Kolomeytsev, 90)

Ogohlantirishlar: Jivoglyadov (19), Smolnikov (51), Ozdoyev (68)

Chetlatish: Ozdoyev (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют